O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 dekabrdagi PQ–443-son “Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda turli sport tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur qarorga muvofiq, haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilangan bo‘lib, bu tashabbus yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviy ruhni mustahkamlashga qaratilgan.
Shu munosabat bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan har payshanba kuni futbol mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Ushbu mashg‘ulotlarda boshqarma xodimlari faol ishtirok etib, sportga bo‘lgan qiziqish va yondashuvlarini namoyon etmoqdalar.
Mazkur tashabbus nafaqat jismoniy chiniqishni ta’minlash, balki jamoada hamjihatlik va sog‘lom muhitni shakllantirishga ham xizmat qilmoqda.

