Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi, "O‘zbekiston Respublika tovar xom-ashyo birjasi" AJ bilan hamkorlikda “Roadshow” taqdimoti bo‘lib o‘tdi. "Xalqchil IPO" dasturining mazmun-mohiyatini fuqarolarga tushuntirish, moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida:


— “Kapital depozit” MCHJ;
— "Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish" AJ viloyat vakillari;
— "Freedom broker" brokerlik kompaniyasi xodimlari o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

.jpg)
Mazkur taqdimotda fuqarolar "Xalqchil IPO" dasturi bo‘yicha ommaviy savdolarga chiqadigan aksiyalar, ularni qanday sotib olish va ulardan qanday dividend olish mumkinligi to‘g‘risida maʼlumotlar olishdi.
Taqdimot yakuni savol-javob tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilar savollariga soha vakillari tomonidan tegishlicha javoblar berildi.

