O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11 yanvardagi 8-sonli qarori bilan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim tashkilotlarida sog’lom ovqatlanishni tashkil etish tartibi to’g’risida” nizom tasdiqlandi.
Ushbu nizomga ko’ra, ta’lim tashkilotlari o’quvchilarining sog’lom ovqatlanishini tashkil etishda, maqsad va vazifalar aniq qilib belgilandi.
Ta’lim tashkilotlarida sog’lom ovqatlanishni yuridik shaxs bo’lgan tadbirkorlik sub’yektlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda ta’lim tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Ta’lim tashkilotlari oshxonalari tadbirkorlik sub’yektlariga “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali elektron tanlov asosida ijaraga beriladi.
Ta’lim tashkilotlari oshxonalarini ijaraga berish, balansda saqlovchining buyurtmasiga asosan, elektron tanlov savdolariga chiqariladi. Tanlov savdolari Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvifiq o’tkaziladi.
Shuningdek, ta’lim tashkilotlari oshxonalarining hisobini “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali hisobini yuritish va ularni ijaraga berish mumkin.
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ Buxoro viloyati vakili Yunusov Sulaymon

