Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qaroriga muvofiq, 2024-yil 10 sentabr kuni soat 10:00 dan boshlab Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalarining quyidagi manzildagi binolarida sud boshqaruvchilari talabgorlari uchun test imtihonlari oʻtkaziladi.
Mazkur test imtihonlari elektron shaklda oʻtkazilib, jarayon videotasvir orqali toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatiladi.
Test imtihonida ishtirok etuvchilar roʻyxati va videotasvir havolasi qoʻshimcha ravishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining veb-saytida imtihon oʻtkazilishidan besh kun avval eʼlon qilinadi.
Test imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar test imtihonini topshirish uchun kechikmasdan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari zarur.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maxsus telefon raqamlari: (71) 259-22-92, (71) 259-22-96.
Test imtihonlari oʻtkaziladigan manzillar
|
T/r |
Hududlar nomi |
Test imtihon oʻtkaziladigan manzil |
Masʼul xodim |
Aloqa uchun telefon |
|
1 |
Buxoro viloyati |
Buxoro shahar, I.Karimov koʻchasi, 10-uy |
N.Toʻrayev |
(91) 417-21-00 |

