Yangiliklar

16 May 2024

Sud boshqaruvchisi attestati talabgorlarini test imtihonidan oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qaroriga muvofiq, 2024-yil 31-may kuni soat 10:00 dan boshlab Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Agentlikning hududiy boshqarmalarining quyidagi manzildagi binolarida sud boshqaruvchilari talabgorlari uchun test imtihonlari oʻtkaziladi.

Mazkur test imtihonlari elektron shaklda oʻtkazilib, jarayon videotasvir orqali toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatiladi.

Test imtihonida ishtirok etuvchilar roʻyxati va videotasvir havolasi qoʻshimcha ravishda Agentlikning veb-saytida imtihon oʻtkazilishidan besh kun avval eʼlon qilinadi.

Test imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar test imtihonini topshirish uchun kechikmasdan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari zarur.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining telefon raqamlari: (71) 259-22-92, (71) 259-22-96.

Izoh: Talabgorlar yashash joylaridan qatʼiy nazar test imtihonini Agentlikning istalgan hududiy boshqarmasi binosida topshirishlari mumkin.

Test imtihonlari oʻtkaziladigan manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahar, I.Karimov koʻchasi, 10-uy

Masʼul xodim: Nodir To‘rayev

Murojaat uchun telefon: (91) 417-21-00

 

46 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech