Telegram ijtimoiy tarmog‘ida blogger Komolovning shikoyat posti ko‘pchilikni eʼtiborini tortdi.
Unga ko’ra Buxoro shahar, Kogon shossesi yo‘l yoqasida joylashgan yerning auksiondagi savdosi 2024-yil 25-aprel kuni bo‘lishi kerakligi ko‘rsatilgan bo‘lsada, qurilish ishlari allaqachon boshlab yuborilganligi haqida noroziligini bildirgan.
Bu holat bo’yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi, Kadastr agentligining hududiy boshqarmasi, Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi hamda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” AJning hududiy mutaxassislari vaziyatni o‘rganib quyidagilarni maʼlum qiladi.
Ko’chma savdo uchun Auksion savdolariga chiqarilgan yer uchastkasi blogger Komolovning shikoyat posti ko’rsatilgan bino inshootni ostidagi yer uchastkasi emasligi. “E-auksion” saytida lot raqami 8628065 bo’lgan yer uchastkasining lot hujjatlar qismida yuklangan ma’lumotlarda mazkur savdo obyekti blogger Komolovning shikoyat posti ko’rsatilgan bino inshootning chap qismidagi bo’sh yer maydoni ekanligini ko’rish mumkin.
Shuningdek mazkur lot raqami joylashgan joy uzkad tizimi orqali tekshirilganda ham hujjatlarda ko’rsatilgan joylashuv bilan bir xil ekanligidan kelib chiqib blogger Komolovning maqsadi nima ekanligi bizga noma’lum.
“Axborotlashtirish to'g'risida”gi qonunning 121-moddasi 2-qismiga muvofiq veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo'lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog'idagi o'z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo'lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to'g'riligini tekshirishi, shuningdek, joylashtirilgan axborotning noto'g'riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o'chirib tashlashi shart.
“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risida”gi qonunning 6-moddasida jurnalistning majburiyatlari belgilangan bo'lib, o'z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog'ida jurnalist o'zi tayyorlayotgan materiallarining to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi shartligi ko'rsatib o'tilgan.
Jurnalistlar va blogerlar ham olingan faktlarni e'lon qilishda ularning to'g'riligini tekshirib ko'rishi, aholi ishonchini suiiste'mol qilishdan ehtiyot bo'lishi maqsadga muvofiq.

