Bugun 21-may, Davlat aktivlarini boshqarish agentligida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son Qarori hamda 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, "Korrupsiya va uning oqibatlari" mavzusida seminar tashkil etildi. O‘quv seminarida davlat aktivlarining barcha hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari masofaviy video aloqa vositalari orqali ishtirok etishdi.
Seminarda, Bosh prokuraturaning mas'ul xodimi korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilayotgan ishlar, bartaraf etish choralari va oqibatlari to'g'risida ma'lumotlar berdi. Korrupsiya tobora o'sib borayotgan sohalarni raqamlashtirish dolzarbligi ta'kidlab o'tildi.

