Seminarda asosiy eʼtibor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi "Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-95-sonli Farmoni mazmun-mohiyati boshqarma xodimlariga tushuntirildi.
Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti Sh.Mamedov so‘zga chiqib, mazkur Farmonda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar haqida atroflicha maʼlumot berdi.
Xususan, u quyidagi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi:
-
Davlat fuqarolik xizmatchilari korpusini shakllantirishdagi yangi yondashuvlar;
-
Ochiq va oshkora tanlovlar orqali davlat xizmatchilari lavozimlariga tayinlash tartibi;
-
Kadrlar zahirasini yaratish hamda ularni samarali boshqarish usullari;
-
Malakali va salohiyatli kadrlarni rag‘batlantirish uchun malaka darajalari berish tizimi;
-
Davlat xizmatchilari uchun kasbiy rivojlanish va malaka oshirish kurslarini muntazam tashkil etishning ahamiyati.
Seminar ishtirokchilari ushbu masalalar bo‘yicha amaliy misollar va huquqiy asoslar bilan tanishdilar. Shuningdek, ular taqdimot mavzulari yuzasidan qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.
Tadbir yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar davlat xizmatini isloh qilishga qaratilgan mazkur Farmonning amaliyotdagi ahamiyatini yuqori baholab, unda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.