Yangiliklar

08 May 2025

Buxoroda to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi muammolar muhokama qilindi

2025-yil 7-may kuni Buxoro viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati hamkorligida tumanlararo iqtisodiy sudlari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, viloyat davlat soliq boshqarmasi, Sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi viloyat bo‘limi hamda viloyatda faoliyat olib borayotgan sud boshqaruvchilar ishtirokida seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, ushbu Seminarda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida amaldagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, tugatishga doir ishlari bir yildan oshgan to‘lovga qobiliyatsiz (bankrot) korxonalar bilan bog‘liq kamchiliklar hamda sud boshqaruvchilar faoliyati davomida uchrayotgan muammolar muhokama qilindi.

Mazkur yig‘ilishda ishtirokchilarga to‘lovga qobiliyatsiz (bankrot)lik ishlarini tezkor va qonuniy hal etish hamda sud boshqaruvchilar faoliyati samaradorligini oshirish borasida tegishli takliflar bildirilib,  tavsiyalar berildi.

 

52 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech