Seminar davomida O’zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi O’RQ-1069-son Qonuni hamda “O’zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-iyundagi O’RQ-1070-son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan sud boshqaruvchilariga atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, amaliyotda yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishning tegishli yechimlari hamda taklif va tavsiyalar taqdim etildi.
Mazkur tadbir sud boshqaruvchilarning malakasini oshirish, ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlash hamda faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.