Yangiliklar

17 Iyul 2025

Buxoroda kam ta’minlangan oila a’zosiga zamonaviy tikuvchilik mashinasi taqdim etildi

Buxoro, 2025-yil 17-iyul - Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida kam ta’minlangan oila a’zosiga zamonaviy tikuvchilik mashinasi sovg‘a qilindi.

Taqdim etish tadbiri Buxoro tumani "Gulshanobod" MFYda bo‘lib o‘tdi. Zamonaviy rusumdagi tikuvchilik mashinasi mahalliy fuqaro Jumanazarova Zamira Ergash qiziga topshirib berildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi vakillari ta’kidlashicha, bunday tadbirlar kam ta’minlangan oilalarning turmush darajasini yaxshilash va ularga qo‘shimcha daromad manbai yaratish imkoniyati berishga qaratilgan.

Tikuvchilik mashinasi Jumanazarova Zamiraga o‘z kasb-hunarini rivojlantirish va oilasi uchun barqaror daromad manbai yaratish imkonini beradi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan bunday ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari muntazam ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.

6 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech