Yangiliklar

07 May 2024

Buxoro viloyati G’ijduvon tumani hududidagi Master-reja asosida chiqarilgan yer uchastkasi sotildi.

Vazirlar Mahkamasining 685-sonli qarori asosida yer uchastkalarini master-reja bilan tayyor biznes loyiha sifatida auksionga chiqarish tartibi joriy qilindi. Ushbu qaror asosida "E-auksion" elektron savdo platformasida yer uchastkasini master-reja asosida savdoga chiqarishga ovoz berish imkoniyati yaratildi.

Buxoro viloyati G’ijduvon tumani hududidan maydoni 0,7185 ga bo'lgan Xalqaro yo'llar bo'yida xizmat ko'rsatish obyektlarini tashkil etishga mo'ljallangan yer uchastkasi boshlang'ich narxi 1,362 mlrd so'm bilan auksion savdolariga chiqarilgan bo'lib, joriy yilning 6-may kuni 1,43 mlrd so'mga sotildi

Ayni paytda Buxoro viloyati Romitan tumani hududidan 1 ta yer uchastkasi master-reja asosida savdolariga chiqarilgan

57 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech