Hurmatli yurtdoshlar,
Davaktiv agentligi jamoasi Sizlarni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan muborakbod etadi.
Ma’rifatparvar alloma o‘z davrida o‘nga yaqin xorijiy tillarni puxta o‘rgangan olim Is’hoqxon Ibrat aytganidek,“Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”.
Qadrli yurtdoshlar vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar, xonadoningizga fayzu baraka tilab, yana bir bor barchangizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz.

