O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi baholovchilar uchun navbatdagi malaka imtihonlari 2024 yil 24-25 sentyabr kunlari Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari binolarda bo‘lib o‘tishini maʼlum qiladi.
Ariza beruvchilar yashash joyidan qatʼi nazar, Agentlikning istalgan hududiy boshqarmalariga topshirish uchun kelishi mumkin.
Belgilangan sanada imtihon topshirish uchun ro‘yxatga olingan shaxslar belgilangan sanada malaka imtihoniga kelishlari shart.
Belgilangan kunda testga qatnashmagan talabgor kelmagan deb hisoblanadi va bunday shaxslar boshqa imtihon kuni test topshirishga ruxsat etilmaydi.
Malaka imtihoniga kirish faqat o‘zini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan amalga oshiriladi.
Malaka imtihonini topshirish vaqtida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
- qonunchilik va o‘quv materiallaridan, maʼlumotnoma va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
- mobil telefonlar va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
- boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish. Ushbu talablarni buzgan talabgorlar auditoriyadan chetlashtiriladi va malaka imtihonidan o‘ta olmagan deb hisoblanadi.
Murojaat uchun telefon raqamlari: (998 71) 259-22-87, 259-20-19.
2024 yil 25-sentyabrda bo‘lib o‘tadigan baholovchilar malaka imtihoniga ruxsat etilgan shaxslar ro‘yxati
| № | F.I.O | Ish joyi | Hudud nomi | Intihon boshlanish vaqti |
| 1 | Abduxalimov Bobirmirzo Ulug`bek o`g`li | "Baho Invest Konsalting" МЧЖ | Бухоро вилояти | 9:30 |
| 2 | Asadov Jahongir Tangriyevich | "Baholash va Ekspertiza" МЧЖ | Бухоро вилояти | 9:30 |
| 3 | Bozorov Ismoil Bahodirovich | "Baholash va Ekspertiza" МЧЖ | Бухоро вилояти | 9:30 |
| 4 | Ismoilova Sabina Bahodir qizi | "Xolis Expert" МЧЖ | Бухоро вилояти | 9:30 |
| 5 | Nurov Ziyodulla Saymurodovich | Buxoro davlat universiteti | Бухоро вилояти | 9:30 |
| 6 | Sadulloyeva Sarvinoz Alisher qizi | "Biznes Baho Konsalting" МЧЖ | Бухоро вилояти | 9:30 |
| 7 | Salyamova Gulnora Xamidovna | "Baholash Konsalting servis" МЧЖ | Бухоро вилояти | 9:30 |

