Yangiliklar

25 Iyun 2025

2024 yilda hamda joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025 yil 27 mart kuni davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha joriy yilgi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor (16-sonli) yig‘ilishida xususiylashtirish dasturi ijrosini tumanlar (shaharlar) va tarmoqlar kesimida muhokama qilib borilishini hamda har chorakda Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlarida mas’ul davlat tashkilotlari rahbarlari hisobotlari eshitib borilishini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tgan davr mobaynida davlat aktivlarini xususiylashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar holati bo‘yicha qisqacha hisobot tayyorlandi. Jumladan,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan 2024 yilda jami 95 ta 253,4 mlrd. so‘mlik davlat aktivlari auksion savdolariga chiqarildi.

Savdoda turgan 120 ta davlat aktivlari 384,2 mlrd. so‘mga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotildi.

Yer uchastkalarini xususiylashtirish yo‘nalishida 2024 yil davomida bevosita viloyat prokurori kumagida 6172 ta (1153,8 gektar) yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarildi va 1337 ta 240,6 gektar yer uchastkalari 238 mlrd. so‘mga sotilishiga erishildi. 

O’tgan 2024 yilda Davlat aktivlarini sotishdan jami
199,7 mlrd. so‘m tushum ta’minlandi, jumladan:

- davlat aktivlarini sotishdan 69,09 mlrd. so‘m;

- yer uchastkalarini sotishdan 130,6 mlrd. so‘m.

Davlat aktivlari va yer uchastkalari sotishdan tushgan tushum hisobidan viloyat mahalliy budjetlariga jami 85,3 mlrd. so‘m miqdorda pul mablag‘lari yo‘naltirildi.

Hududiy boshqarma tomonidan 2025 yilning o‘tgan davrida jami 35 ta davlat aktivlari auksion savdolariga chiqarildi.

2025 yil boshidan bugungi kunga qadar 40 ta (oldingi yillardan o‘tgan aktivlar bilan birga) davlat aktivlari 28,4 mlrd. so‘m qiymatga sotilishi ta’minlandi.

Davlat aktivlarini sotishdan jami 101,7 mlrd.so‘m tushum ta’minlandi, jumladan:

- davlat aktivlarini sotishdan 39,5 mlrd.so‘m;

- yer uchastkalarini sotishdan 62,2 mlrd.so‘m.

Bugungi kunda umumiy qiymati 178,5 mlrd. so‘m bo‘lgan 30 ta aktivlar bo‘yicha savdolar davom etmoqda.

Shuningdek, 2025 yil boshidan bugungi kunga qadar boshlang‘ich qiymati jami 39,1 mlrd.so‘mlik 22 gektar (130 ta) noqishloq yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilib, 89,4 gektar (860 ta) 75,7 mlrd. so‘mga sotildi.

Bugungi kunda boshlang‘ich qiymati jami 166 mlrd. so‘mlik 1 198,8  gektar (7106 ta) yer uchastkalari bo‘yicha auksion savdolari davom etmoqda.

Joriy yil 21 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi PF-70-son Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmondan kelib chiqib  “2025 yilda Buxoro viloyatida xususiylashtirish sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlari bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Mazkur “yo‘l xarita”ga muvofiq 2025 yilda viloyatda ilgari xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan aktivlar bilan birga 6 ta korxonalardagi davlat ulushi hamda 80 ta ko‘chmas mulki ob’ektlarini auksion savdolariga chiqarish hisobiga xususiylashtirish hajmi
253 mlrd. so‘mni, 419 gektar noqishloq yerlarni auksion savdolariga chiqarish hajmi 550 mlrd. so‘m etib belgilanib, aktivlarni savdolarga chiqarish muddatlari, mas’ullar va nazorat mexanizmlari tasdiqlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-70-son Farmoniga muvofiq 2025 yilda Buxoro viloyatida:

- Farmonning 1-ilovasiga muvofiq 3 ta korxonadagi davlat ulushlari (“Buxoro viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya markazi”, “Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi” hamda “Buxoro markaziy ta’minot tomorqa xizmat” MChJ)

- Farmonning 2-ilovasiga muvofiq 72 ta ko‘chmas mulk ob’ektlari;

- Farmonning 3-ilovasiga muvofiq 419 gektar noqishloq yer uchastkalari ommaviy savdolarga chiqariladi.

Mazkur Farmon ijrosi bo‘yicha bugungi kunda quyidagi ishlar amalga oshirildi, jumladan:

Farmonnning 1-ilovasidagi 3 ta korxona ham hududiy boshqarma muassisligiga olinib, ommaviy savdolarga chiqarish uchun savdoga tayyorlash ishlari (2 ta davlat muassasalarini mas’uliyati cheklangan jamiyatiga aylantirish, 3 ta jamiyat mol-mulklarini xatlash hamda baholash)  olib borilmoqda.

Farmonning 2-ilovasiga muvofiq 72 ta (ob’ektlarning
18 tasi davlat tashkilotlariga, qolgan 54 tasi esa davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli bo‘lgan ob’ektlar hisoblanadi) ko‘chmas mulk ob’ektlaridan:

- 33 tasi hududiy boshqarma balansiga olinib, 10 tasi
18,9 mlrd. so‘m baholangan narxda “e-auksion” platformasiga savdolarga chiqarildi, shundan 1 tasi 1 212,0 mln. so‘mga sotildi.

 Qolgan 21 ta ob’ektlar bo‘yicha auksion savdolariga chiqarish oldi xatlov hamda baholash ishlari olib borilmoqda.

- 39 tasi “O’zbekneftgaz” AJ tasarrufida bo‘lib ob’ektlarni sotish masalasi bo‘yicha Xususiylashtirish komissiyasining qarori kutilmoqda.

Farmonning 3-ilovasiga muvofiq Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini tashkil etish uchun 2025 yilda ustuvor ravishda mulk huquqi asosida yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish rejasi tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra Buxoro viloyatida 419,0 gektar yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish rejasi belgilangan. 

Mazkur reja tuman va shaharlar kesimida tasdiqlangan bo‘lib, viloyat bo‘yicha 2025 yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha 137,8 gektar yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarilishi belgilangan bo‘lsada, amalda 28,8 gektar yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan yoki belgilangan topshiriq rejaga nisbatan 20,9 foizga bajarilgan.

Ushbu yo‘nalishda shahar va tumanlar hokimliklari, Davlat kadastrlar palatasi hamda viloyat qurilish boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay bo‘lgan noqishloq yerlarni tegishli kelishuvlardan o‘tkazgan holda auksion savdolariga chiqarishni jadallashtirish talab etiladi.

5 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech