Ру Ўз O'z En

Янгиликлар

04 Июнь 2026

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan navbatdagi VI ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi hamda E-auksion viloyat vakillari tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 4-iyun kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Boshqarma mas’ullari hamda E-auksion viloyat vakili  tomonidan “Buxoro zarxal teks” MChJ iqtisodchisi A.Yuldashev va “Azalshox Diyori” OK rahbari Sharipov Axtamning murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan qonuniy yechimlar taklif etilib, zarur ma’lumotlar va tavsiyalar berildi shuningdek “Azalshox Diyori” oilaviy korxonasining murojaati ijobiy hal etildi.

Ta’kidlanganidek, tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda investitsion muhitni yanada yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.


Uchrashuv yakunida tadbirkorlar bilan bunday ochiq muloqotlarni muntazam ravishda tashkil etish muhimligi qayd etildi.

20 Чоп этиш
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech