Joriy yilning 2-aprel kuni, prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Yig’ilishda, 2025-yilda hududiy yalpi mahsulot hajmi 7,2 foizga oshib, 86,6 trillion soʻmga yetganligi, sanoatda 7,1 foiz, qishloq xoʻjaligida 4,3 foiz, xizmatlar sohasida 14 foiz oʻsish qayd etilganligi hamda ishsizlik 2024-yilga nisbatan 4,7 foizgacha, kambagʻallik darajasi 6 foizgacha pasayganligi ta’kidlab o’tildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan, Buxoroda iqtisodiy oʻsish, yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadini oshirish va infratuzilmani yaxshilashga xizmat qildirish zarurligi to’g’risida va investitsiya va eksport yoʻnalishilarida sanoatni rivojlantirish masalalarini amalga oshirish vazifasi qoʻyildi.
Xususan, yoʻl va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha ham qator vazifalar belgilandi. Buxoro hududidan o’tgan A-380 magistral yoʻli boʻyidan 30,8 gektar yer maydonini auksionga chiqarib, 403 ta xizmat ko’rsatish va servis loyihasini joylashtirish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ
Buxoro viloyati vakili Yunusov Sulaymon

