Ру Ўз O'z En

Янгиликлар

28 Май 2025

"Sentob" turizm qishlog‘iga amaliy sayohat uyushtirildi

Joriy yilning 9-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda hududlarning turizm salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiya loyihalarini jadallashtirish, aholini faol turizmga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shu munosabat bilan, davlat rahbari tashabbusi asosida har oyning bir shanba - yakshanbasini “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” sifatida o‘tkazish taklifi ilgari surilib, ushbu tashabbus keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Mazkur tashabbus doirasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari uchun amaliy sayohat tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari 2 kun mobaynida Nurota tumanida joylashgan, tabiiy go‘zalliklari va boy madaniy merosi bilan mashhur “Sentob” turizm qishlog‘iga tashrif buyurdilar.

Sayohat davomida mehmonlar “Sentob” qishlog‘ining tarixiy va etnografik obyektlari, mahalliy hunarmandchilik an’analari hamda zamonaviy ekoturizm imkoniyatlari bilan tanishishdi. Shuningdek, sayohatchilar uchun mahalliy aholi bilan ochiq muloqotlar, milliy taomlardan tatib ko‘rish va tog‘li hududlarda piyoda sayr kabi faoliyatlar tashkil etildi.

Ushbu tashabbus nafaqat davlat xizmatchilarida turizmga bo‘lgan qiziqishni oshirish, balki hududiy turistik obyektlar targ‘ibini kuchaytirish, ichki turizmni rivojlantirishda ham muhim qadam bo‘ldi.

 

2 Чоп этиш
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech