Joriy yilning 3-fevral kuni mamlakatimiz rahbari president Shavkat Mirziyoyevga, urbanizatsiya va uy-joy qurilishida yangicha yondashuvlarni joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishtirildi.
Aholining uy-joyga boʻlgan talabini qondirish maqsadida 600 mingdan ziyod xonadonlar qurilib, foydalanishga topshirilganligi. Qurilish ishlarining koʻlami kengaygani qurilish materiallari sanoati rivojiga katta turtki berib, koʻplab hududlarning “drayveri”ga aylanganligi. Urbanizatsiya darajasi 1991-yildagi 40,3 foizdan 51 foizga yetganligi to’g’risida aytib o’tildi.
Davlatimiz rahbari qilingan ishlar hali yetarli emasligini koʻrsatib oʻtdi va 2040-yilgacha yangi uy-joy qurilishi surʼatini 280 mingtaga oshirish to’g’risida topshihriq berildi.
Taqdimotda yer resurslaridan samarali foydalanish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Bugungi kunda qurilish sohasidagi ruxsat olish jarayonlari 9 ta bosqichdan iborat boʻlib, oʻrtacha 90-120 kun vaqt talab qilmoqda lekin, xalqaro amaliyotda “qurilishga tayyor yer” mexanizmi orqali bu ishlarga ketadigan vaqt 7-15 kunni tashkil etayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Mamlakatimizda ushbu tizimni joriy etish bilan barcha tayyorgarlik jarayonlari va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish yer maydonlari auksionga qoʻyilishidan oldin bajariladi. Natijada tadbirkor auksionda yerni yutib olgandan soʻng qoʻshimcha hujjat yigʻmasdan va kelishuvlardan oʻtmasdan, barcha hujjatlarni avtomatik tarzda olish imkoniga ega boʻladi hamda qurilishga tayyor boʻlmagan yerlarni auksionga chiqarish taqiqlanadi, jarayonlar esa shaffof va qisqa muddatlarda amalga oshirilishi taʼminlanadi deyiladi taqdimotda.
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ Buxoro viloyati vakili S.Yunusov

