Buxoro viloyati hokimining 2025-yil 24-aprel “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi PF-70-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash haqida”gi 209-2-0-Q/25-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 20-21-22-avgust kunlari Davaktiv agentligi viloyat boshqarmasi, E-Auksion viloyat bo‘limi mutaxassislari tomonidan xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari va yer uchastkalari hamda yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
2026-yil 1-yanvargacha Davlat aktivlari 3 oyda sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlang‘ich bahosining 10 foizigacha bosqichma-bosqich pasaytirilishi;
2024-yil 1-yanvargacha ijara shartnomalari asosida ijaraga olganiga kamida 5 yil bo‘lgan va majburiyatlarni bajargan tadbirkorlarga xususiylashtirish dasturlariga kirgan davlat mulkini baholangan qiymatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish huquqi berilganligi;
Auksion savdolariga tadbirkorlik uchun chiqarilgan yer uchastkalari (viloyat markazlari bundan mustasno) 3 oy davomida sotilmaganda boshlang‘ich qiymatining 30 foizigacha, 6 oy davomida sotilmaganda 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytirilishi, sotib olish to‘lovlarining 15 foizini uch oy muddatda qolgan qismini 5 yilgacha muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratilganligi;
Olot, Jondor, Peshko‘, Vobkent hamda Shofirkon tumanlarida joylashgan davlat aktivlari bo‘yicha to‘lovlarni, miqdoridan qat’iy nazar, 5 yil ichida, yer uchastkalari bo‘yicha 10 yil ichida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratilganligi, ushbu tumanlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish uchun amalga oshiriladigan dastlabki to‘lov miqdori 35 foizdan 15 foizga pasaytirilganligi to‘g‘risida fuqaro va tadbirkorlarga ma’lumot berildi.
Fuqaro va tadbirkorlarni qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar berildi.