Ру Ўз O'z En

Янгиликлар

31 Октябрь 2025

“Milliy liboslar kuni” o‘tkazildi

Buxoroda milliy an’analar va madaniy merosni asrash hamda keng targ‘ib qilish maqsadida “Milliy liboslar kuni” Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasida ham o‘zgacha ruhda o‘tkazildi.

Milliy liboslarning tarixiy ahamiyati, ularning hozirgi zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashuvi va yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi.

 

“Milliy liboslar kuni”ni o‘tkazish nafaqat milliy merosga bo‘lgan ehtirom, balki jamoa orasida hamdo‘stlik va ijobiy muhit yaratishga xizmat qilgani qayd etildi.

Bunday tadbirlar milliy o‘zligimizni ulug‘lash, zamonaviylik va an’anaviylik uyg‘unligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

28 Чоп этиш
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech