Ру Ўз O'z En

Янгиликлар

11 Июль 2025

Davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning koʻchmas mulk obyektlarini Savdo-sanoat palatasi hududiy boʻlinmalarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qabul qilingan yangi Nizom asosida endilikda davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk obyektlari yanada tezkorlik bilan elektron auksion savdolariga chiqariladi.

Asosiy maqsad – xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, bo‘sh turgan yoki tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanishni ta’minlash, davlat xarajatlarini optimallashtirish va byudjetga qo‘shimcha tushum keltirishdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–70-son Farmoni va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi buyruqlari asosida joriy etilgan bo‘lib, davlat aktivlarini xususiylashtirishning ochiqligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan.

Shunga ko’ra, Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalari obyekt haqidagi ma’lumotlarni (manzil, foto, geopozitsiya, foydalanish taklifi) “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritadi.

Davlat aktivlari agentligi hududiy boshqarmalari uch ish kuni ichida obyekt joyida o‘rganiladi, rad etish uchun Nizomda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlmaganda, bir ish kuni ichida elektron tizim orqali  davlat  koʻchmas  mulk  obyektini  elektron  onlayn-auksion  savdolariga chiqarish jarayoniga oʻtkazadi.

Diqqatga sazovor jihati ushbu tartib davlat ulushi 50% dan yuqori bo‘lgan korxonalarning balansidagi obyektlarga ham tatbiq etiladi. Bu esa ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda xususiy sektor ishtirokini kengaytiradi.

4 Чоп этиш
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech