Ру Ўз O'z En

Янгиликлар

21 Май 2026

Buxoro viloyati hududidan 3 ming gektardan ziyod yer maydonlari E-auksion savdolariga chiqariladi.

Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini keng joriy qilish, ijaraga oluvchilarning ekinlarini joylashtirishdagi mustaqilligini ta’minlash va yuqori qo’shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga qaratilgan islohotlar ko’lamini yanada kengaytirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-68 sonli Farmoni qabul qilindi.

 Farmonga ko’ra, 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-sonli Farmonga muvofiq, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo’yicha tajriba-sinov tariqasida boshlangan yangi tizim natijasida kelib chiqib, ushbu amaliyot respublikaning barcha hududlarida tadbiq qilinishi belgilandi.

Uzoq davrdan beri sotilmay turgan 117,6 ming, Buxoro viloyati hududidan 3,3 ming gektar yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga yangi tizim asosida qayta savdolarga chiqariladi.

Endilikda, viloyat hokimlarining taklifiga asosan, 50 gektardan – 500 gektargacha yer maydonlari faqat sanoat usulidagi plantasiyalar tashkil qilish va chorvachilik uchun foydalanish turini belgilagan holda auksion savdolariga chiqariladi.

Auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalarining boshlang’ich narxi, yerning normativ qiymatining 50 foizi miqdorida belgilanadi, har bir takroriy savdolarda sotilmaganda, boshlang’ich narx 10 foizdan bosqichma-bosqich 10 foizgacha pasaytirilib borilishi belgilab o’tildi.

Shu bilan birga, tuman (shahar) hokimliklari tasarrufida bo’sh turgan, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer sifatida hisobga olingan sanadan boshlab o’n kun muddatda auksion savdolariga chiqarilmagan taqdirda, “O’zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan avtomatik tarzda auksion savdolariga chiqarilishi qayd etildi.

 

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ Buxoro viloyati vakili Yunusov Sulaymon

8 Чоп этиш
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech