O’zbekiston – 2030 strategiyasida belgilangan 100 ta maqsadli ko’rsatgichlarning biri, 2030 yilga qadar davlat ulushi bor korxonalarda davlat ishtirokini qisqartirish hamda nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish maqsad qilib belgilangan.
O’tgan 2025 yil uchun tasdiqlangan Xususiylashtirish dasturiga asosan, Buxoro viloyati Davlat aktivlari boshqarmasi tomonidan 88 ta davlat aktivlari 350,1 mlrd. so’m boshlang’ich narx bilan "E-auksion" elektron onlayn-auksion savdo platformasiga auksion savdolariga chiqarilgan bo’lib, 66 ta davlat mulki binolari 73.2 mlrd.so’mga realizatsiya qilingan bo’lib, 2026 yilning yanvar-fevral oylarida yana 6 ta davlat aktivlarini 37,5 mlrd.so’mga sotilishiga erishildi.
Bugungi kunda, hududlarning 2025-2026 yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturlariga muvofiq, mahalliy boshqaruv organlari hamda yangi ko‘p funksiyali va ko‘p qavatli ma’muriy binolarga bir joyda optimal joylashtirilishi natijasida, 12 ta ma’muriy bino va inshootlar tadbirkorlarga
"E-auksion" elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotilishi belgilab qo‘yilgan.
Xulosa qilib aytganda, davlat aktivlarini xususiy sektorga o‘tkazish jarayoni iqtisodiyotda raqobat muhitini kuchaytirish, imkoniyatlardan samarali foydalanish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ Buxoro viloyati vakili Yunusov Sulaymon

