Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Mart 2026

YERLAR FAQAT AUKSION ORQALI SOTILADI

Mamlakatimiz rahbari prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan urbanizatsiya va uy-joy qurilishida yangicha yondashuvlarni joriy etish yuzasidan berilgan topshiriqlar ham 2025 yil uchun tasdiqlangan Xususiylashtirish dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati hududidan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini tashkil etish uchun 563 gektar yer maydonlari 2420 – ta lotga bo’lingan holda "E-auksion" elektron onlayn-auksion savdo platformasiga auksion savdolariga chiqarildi.

O’tgan 2025 yil davomida boshlang’ich bahosi 63,3 mlrd so’m bo’lgan, 148,2 gektar (1 401 ta) yer maydolarini tadbirkorlik subyektlari tomonidan 138,5 mlrd so’mga yani boshlang’ich narxdan 2,1 barovar qimmatroqqa realizatsiya qilindi.

Shuningdek, 2026 yilning yanvar-fevral oylarida boshlang’ich narxi 12,5 mlrd so’m bo’lgan 40,2 gektar (169 ta) yer uchastkalari 21,6 mlrd so’m ga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini tashkil etish uchun sotilishiga  erishildi.

 

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish”  AJ Buxoro viloyati vakili Yunusov Sulaymon

 

9 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech