Yangiliklar

12 Sentyabr 2025

YER UCHASTKALARINI REALIZATSIYA QILISHDA ZAMON TALABLARI MUVOFIQLASHTIRILMOQDA



O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.09.2025 yildagi 559-sonli qarori bilan elektron auksionlar orqali yer uchastkalarini sotish va kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi.

Unga ko‘ra:

  • Kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolarga chiqarishda ushbu sanoat va tadbirkorlik zonalari direksiyalari buyurmachi hisoblanishi;
  • Olis va cho‘l hududlarda tashkil etiladigan yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi yer uchastkalari 2025-yil 5-sentabrdan boshlab “1 so‘m” xarid qiymatida auksionga chiqarilishi belgilandi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining QQS to’lovchi yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron axborot tizimi “E-auksion”  elektron onlayn-auksion savdo platformasiga integrasiya qilinadi.

Ko‘p kvartirali turar joylar qurish uchun yer uchastkalari bo’yicha auksion g’oliblari ajratilgan yerda qurilishi ishlarini boshlab uni foydalanishga topshirgunga qadar bo’lgan jarayonlarni “Onlayn mahalla” elektron platformasida monitoring qilib borish tizimi yaratiladi.

Shu bilan birga, “E-auksion”  elektron onlayn-auksion savdo platformasi va Kadastr agentligining “UZKAD” kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi va bu auksionda realizatsiya qilingan yer uchastkalari to’g’risidagi ma’lumotlarni elektron platformada real vaqt rejimida mahallalar kesimida kuzatish imkonini beradi.

 “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish”  AJ Buxoro viloyati vakili

 

11 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech