O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan navbatdagi VI ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Buxoro shahrida tashkil etilgan Tadbirkorlar va investorlar bilan ochiq muloqot shtabiga «Regal Building» MChJ vakili O’. Xodjayev tomonidan yo‘llangan murojaat hududiy boshqarma rahbariyati va malakali mutaxassislari tomonidan atroflicha va qonuniy tartibda o‘rganib chiqildi.
O’rganish natijalariga ko‘ra, tadbirkor tomonidan elektron onlayn-auksion orqali xarid qilingan bino-inshoot qiymati bir oy muddat ichida to‘liq to‘langanligi inobatga olindi. Natijada, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, xaridorga 14 foiz miqdorida chegirma qo‘llanildi hamda mazkur obyektga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi davlat orderi rasmiylashtirib berildi.

