Yangiliklar

04 Yanvar 2025

Sud boshqaruvchisi attestati talabgorlarini test imtihonidan oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 13-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Agentlikning hududiy boshqarmalarining quyidagi manzildagi binolarida sud boshqaruvchilari talabgorlari uchun test imtihonlari oʻtkaziladi.

Mazkur test imtihonlari elektron shaklda oʻtkazilib, jarayon videotasvir orqali toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatiladi.

Test imtihonida ishtirok etuvchilar roʻyxati va videotasvir havolasi qoʻshimcha ravishda Davaktiv agentligining veb-saytida imtihon oʻtkazilishidan 5 kun avval eʼlon qilinadi.

Test imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar test imtihonini topshirish uchun kechikmasdan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari zarur.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun Davaktiv agentligining maxsus telefon raqamlari: (71) 259-22-92, (71) 259-22-96.

Test imtihonlari oʻtkaziladigan manzillar

T/r

Hududlar nomi

Test imtihon oʻtkaziladigan manzil

Masʼul xodim

Aloqa uchun telefon

1

Buxoro viloyati

Buxoro shahar, I.Karimov koʻchasi, 10-uy

N.Toʻrayev

(91) 417-21-00

40 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech