Tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va mahallalar hayoti bilan tanishish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirish va yangi obyektlarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

