«Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi 310-II-sonli Qonunining 19-moddasiga quyidagi o'zgartirishlar kiritildi:
— Mas’uliyati cheklangan jamiyat kreditorlari jamiyatning ustav fondi (ustav kapitalini) kamaytirilganligidan xabar topgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyatdan jamiyatning tegishli majburiyatlari muddatidan ilgari tugatilishini yoki ijro etishini hamda o‘zlari ko‘rgan zararning o‘rnini qoplashini yozma ravishda talab qilishga haqlidirlar.
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi 223-I-sonli Qonunining 20-moddasi quyidagi o'zgartirishlar kiritildi:
— Aksiyadorlik jamiyati kreditorlari jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilganligidan xabar topgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay jamiyatdan o‘z majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishini va ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilishi bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplashini talab qilishga haqli ekanligi belgilandi.

