O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida” 2025-yil 30-maydagi PQ–195-son qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, mamlakatimizda joriy yilning 6-iyun juma kunini Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlash hamda ushbu kun dam olish kuni etib belgilanganligi sababli 2025-yil 6-iyun sanasida “E-auksion” elektron savdo platformasida bo‘lib o‘tadigan barcha ommaviy savdolar 2025-yil 9-iyun sanasiga ko‘chirilishi ma'lum qilinadi.