Mustaqilligimizning 33 yillik munosabati bilan Boshqarma boshlig’i Norov Firdav Yusupovich tomonidan korxonamizning fidoyi jamoasi bayram bilan tabrik o’tildi, hamda jamoada o’z mehnati va vatanparvarligi bilan boshqalarga o’rnak bo’ladigan xodimlarimiz faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.
Shuningdek joriy yilning 8 oyi mobaynida erishilgan natijalarni yanada yaxshilash hamda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish, 9 oylik yakunlarida bundanda ijobiy natijalarga erish uchun shijoat bilan mehnat qilish yuzasidan samimiy hamda ustozlarcha tavsiyalar berildi.
Shu fursatdan foydalanib Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi eng ulug’ ne’matlardan biri mustaqillik ne’matiga erishganimizning 33 yilligi bilan barcha vatandoshlarimizni tabriklab qoladi.
Bayramingiz muborak bo’lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!

