Yangiliklar

19 Yanvar 2026

Millat kelajagining oynasi

Har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida o‘z ifodasini topadi. Aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish asosida olinadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi "O’zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida"gi PF-173-sonli Farmoni bilan 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari muhim tadbir o‘tkaziladi.

Aholini ro‘yxatga olish - bu mamlakatning insoniy salohiyati, resurslari, ehtiyojlari va istiqbollarining keng ko‘lamli inventarizatsiyasidir.

Aholini ro‘yxatga olish natijalari asosida davlat:

  • Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiradi – maktablar, kasalxonalar, bog‘chalar qurilishi uchun zarur ma’lumotlarni oladi
  • Iqtisodiy dasturlarni rejalashtiradi – ish o‘rinlari yaratish, investitsiyalar jalb qilish uchun asos yaratadi
  • Hududiy taraqqiyotni ta’minlaydi – viloyatlar, tumanlar va qishloqlarning haqiqiy ehtiyojlarini aniqlaydi
  • Kelajak uchun rejalar tuzadi – 10-15 yilgacha bo‘lgan davr uchun ishonchli prognozlar ishlab chiqadi

"Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish - census.stat.uz portali"ga Agentlikning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli ma’lumotlar to‘liq kiritildi. 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha davom etadigan ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etish – o‘zimizning va farzandlarimizning yaxshi kelajagini ta’minlashdir.

20 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech