Yangiliklar

05 Noyabr 2025

MAHALLIY BOSHQARUV ORGANLARIDAN BO’SHAYDIGAN BINOLAR "E-AUKSION" SAVDOLARIGA CHIQARILADI

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga qulay sharoitlar yaratish uchun tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlarini optimal joylashtirish hamda ularning bo‘shaydigan bino va inshootlarini xususiylashtirish orqali tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 22.10.2025 yildagi 668-sonli qaror qiladi.

Mazkur qaror bilan, hududlarning 2025-2026 yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturlariga muvofiq, bir joyda optimal joylashtiriladigan tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlari ro‘yxati tasdiqlangandi hamda yangi ko‘p funksiyali va ko‘p qavatli ma’muriy binolarga optimal joylashtirish bo‘yicha namunaviy loyiha tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 16 ta tuman va shaharlarda, mahalliy boshqaruv organlarining ma’muriy binolari xatlovdan o‘tkazilganiligi va bir joyda optimal joylashtiriladigan mahalliy boshqaruv organlari ro‘yxati belgilandi.

Optimal joylashtirish natijasida qarorda tasdiqlangar ro‘yxatga ko‘ra, 112 ta bo‘shaydigan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlari "E-auksion" elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotiladi. Buxoro viloyatida ushbu ro‘yxatga G’ijduvon tumanidagi 7 ta ma’muriy bino va inshootlar tadbirkorlarga xususiylashtirishi belgilab qo‘yilgan.

Shu bilan birga, yangi ma’muriy binolar foydalanishga qabul qilingandan so‘ng ularning 1 va 2-qavatlarida savdo va servis faoliyatini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, ushbu xonalar belgilangan tartibga ko‘ra, "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi.

54 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech