O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
Shunga ko’ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga oluvchilarning mustaqilligini oshirish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni yetishtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini aniqlash jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish maqsad qilindi.
Endilikda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining konturlar yaxlitligi va sug‘orish tizimini buzmagan holda, ularni 3 gektardan 50 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda “E-auksion” savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish belgilandi hamda savdolarida yashash joyidan (yuridik manzilidan), tashkiliy-huquqiy shaklidan, boshqa yer uchastkasi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar (rezidentlar), shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ishtirok etishiga ruxsat berildi.