Hukumatning tegishli qaroriga asosan Buxoro shahri, J.Ikromiy ko‘chasida joylashgan Buxoro viloyat ichki ishlar boshqarmasi balansidagi umumiy yer maydoni 0,2 gektar bo‘lgan Buxoro shahar ichki ishlar bo‘limi 2-sonli shahar militsiya bo‘linma binosi mustaqil baholovchi tashkilotlar tomonidan 8 mlrd. so‘mga baholanib, “E-AUKSION” elektron savdo platformasida 13595001-lot raqami bilan turizm faoliyatini tashkil etish sharti bilan auksion savdolariga chiqarildi.
Joriy yilning 11-aprelda bo‘lib o‘tgan auksion savdolarida mazkur bino “Welcome to Bukhara” MCHJga 21,6 mlrd. so‘mga sotildi.

