Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 May 2026

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yangiliklar dayjesti

Agentlik Gonkongdagi xalqaro biznes forumida ishtirok etdi

Joriy yilning 5–6-may kunlari Gonkongda o‘tkazilgan “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi va O‘zbekiston-Xitoy biznes forumida Davlat aktivlari agentligi rahbariyati faol ishtirok etdi. Forumda sanoat, energetika, moliya, transport, turizm va xizmat ko‘rsatish kabi qator tarmoqlardagi yuqori investitsion jozibadorlikka ega davlat aktivlari xorijiy investorlar e’tiboriga havola qilindi.

Gonkong Maxsus ma’muriy hududi raisi Jon Lee Ka-chiu ko‘rgazmaga tashrif buyurib, O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan ochiq biznes muhitini yuqori baholadi. Tadbir yakunida Xitoyning yirik kompaniyalari va investitsion guruhlari davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etishga amaliy qiziqish bildirdilar.

Agentlikda “Ikki avlod vakillari” ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligida ko‘p yillar samarali faoliyat yuritgan faxriylar va yosh xodimlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshi ulug‘ ustozlarning boy hayotiy va kasbiy tajribasini, Vatanga sadoqat hamda mas’uliyat kabi fazilatlarini yosh avlodga yetkazishdan iborat bo‘ldi. Faxriylar yoshlarga kasbiy faoliyatda tashabbuskor bo‘lish va milliy qadriyatlarni hurmat qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishdi.

Xodimlarning favqulodda vaziyatlardagi xavfsizlik madaniyati mustahkamlanmoqda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlari Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan tashkil etilgan amaliy o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashdilar. Mashg‘ulotlar xodimlarda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi.

Xodimlar virtual reallik (VR) texnologiyalari yordamida yong‘inni o‘chirish, maxsus “tutun xonasi”da evakuatsiya bo‘lish mashqlarini bajarishdi hamda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilimlarini oshirishdi. Dastur yakunida ishtirokchilar 7,5 ballgacha bo‘lgan kuchli zilzilani simulyatsiya qiluvchi maxsus qurilmada tabiiy ofat ta’sirini amalda his qilib, sinovdan o‘tdilar.

4 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech