Yangiliklar

23 Avgust 2025

Bugun erta tongdan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari umumxalq xayriya hasharida ishtirok etdi.

Hashar - xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, do‘stlik, birdamlik, mehr-muruvvat, ozodalik kabi ezgu fazilatlarda, manzillar obodligi, ko‘ngillarni charog‘on qilishdek ezgu ishlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rish va uni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan 22-23-avgust kunlari umumxalq xayriya xashari o‘tkazildi.

Tadbir doirasida boshqarma xodimlari tomonidan ish joylarida tozalik va tartibni ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Xususan, bino ichi va uning atrofi tozalandi, yashil hududlardagi daraxt va gulzorlarga parvarish ishlari olib borildi, chiqindilar yig‘ishtirilib, hudud sanitariya jihatdan saranjom qilindi.

Umumxalq xayriya hasharida boshqarmaning barcha xodimlari o‘zaro hamjihatlik va hamkorlik muhitida faol ishtirok etdilar. Bu kabi amaliy tashabbuslar jamoa ichidagi birdamlikni mustahkamlash, ish muhitini yaxshilash hamda ekologik madaniyatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

41 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech