Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oylik yakunlari bo‘yicha Xususiylashtirish dasturlariga kirgan ko‘chmas mulk ob’ektlaridan 72 tasi (“O’zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi 20 ta ob’ektlar bilan birgalikda) 259,5 mlrd so‘m baholangan qiymatda ommaviy savdolarga chiqarilishi ta’minlandi.
2025 yil boshidan bugungi kunga qadar 52 ta aktivlar (ilgari savdolarga chiqarilgan aktivlar bilan birgalikda) 47,1 mlrd so‘mga sotilib, xaridorlar bilan oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirildi.
Davlat aktivlarini sotishdan jami 225,3 mlrd.so‘m tushum ta’minlandi, jumladan:
- davlat aktivlarini sotishdan 122,8 mlrd.so‘m;
- yer uchastkalarini sotishdan 102,5 mlrd.so‘m.
Bugungi kunda 63 ta qiymati 243,6 mlrd. so‘mlik bo‘lgan aktivlar bo‘yicha savdolar davom etmoqda.
Yer uchastkalarini xususiylashtirish yo‘nalishida 2025 yil 3-chorakda o‘zgarish qilinib, viloyat bo‘yicha 2025 yil to‘qqiz oylik yakuni bo‘yicha 286,4 gektar yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarilishi belgilangan bo‘lsa, 354,1 gektar (1237 ta) yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilib, reja topshirig‘i 123,6 foizga bajarilishi ta’minlandi.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida auksion savdolariga chiqarilgan yer uchastkalari hisobidan viloyat bo‘yicha boshlang‘ich narxi 59,1 mlrd so‘m bo‘lgan umumiy yer maydoni 138,5 gektar (1251 ta) yer uchastkalari 131,4 mlrd so‘mga sotilishi ta’minlandi.
Bugungi kunda boshlang‘ich qiymati jami 224,1 mlrd. so‘mlik 4334 ta (576,9 gektar) noqishloq yer uchastkalari bo‘yicha auksion savdolari davom etmoqda.
Kengash qarori bilan joriy yil 21 apreldagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi PF-70-son Farmonida nazarda tutilgan aktivlarni savdoga chiqarish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish, bunda joriy yilning iyul oyida kamida 9 ta ko‘chmas mulk obektlarini auksion savdolariga chiqarish belgilangan bo‘lib, mazkur topshiriq ijrosi bajarilishi ta’minlandi, xususan:
Farmonning 2-ilovasiga muvofiq 72 ta (ob’ektlarning 18 tasi davlat tashkilotlariga, qolgan 54 tasi esa davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli bo‘lgan ob’ektlar hisoblanadi) ko‘chmas mulk ob’ektlaridan:
- 33 ta ob’ektlar hududiy boshqarma balansiga qabul qilib olinib (“O’zbekneftgaz” AJning 39 ta ob’ektidan tashqari), shundan 31 tasi ommaviy savdolarga chiqarilishi ta’minlandi, qolgan 2 ta ob’ektlar bo‘yicha ta’qiqlar yechilib, baholash ishlari yakunlanib, ob’ektlarni savdoga chiqarish jarayonida turibdi;
“O’zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi 39 ta ob’ektlardan 20 tasi ommaviy savdolarga chiqarildi, Xususiylashtirish davlat komissiyasi tegishli bayonlariga asosan 1 tasi Farmondan chiqarildi, 13 tasi vaqtincha to‘xtatilgan, 4 tasini Farmondan chiqarish bo‘yicha taklif berilgan, 1 tasi baholanmoqda.
Farmonnning 1-ilovasidagi 3 ta korxona ham hududiy boshqarma muassisligiga olinib (2 ta davlat muassasalarini mas’uliyati cheklangan jamiyatiga aylantirildi) 3 ta jamiyat mol-mulklarini xatlash hamda baholash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, “Xususiylashtirish dastur”lariga kiritilgan ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan ob’ektlar, xususan Qorako‘l tuman hokimligi balansidagi sobiq “Quvvacha Texxizmat” MMTP binosi, Kogon shahar hokimligi balansidagi “Sobiq harbiy qismga qarashli 2-son kazarma bino va inshootlari” qo‘yilgan ta’qiqlar yechilib, ommaviy savdolarga chiqarilishi ta’minlandi.
Farmonning 3-ilovasiga muvofiq Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini tashkil etish uchun 2025 yilda ustuvor ravishda mulk huquqi asosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish rejasi tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra Buxoro viloyatida 419,0 gektar yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish rejasi belgilangan.
Reja bo‘yicha 9 oylik yakunlari bo‘yicha 286,4 gektar yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda 355,4 gektar (1239 ta) yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilishi ta’minlanib, reja topshirig‘i 124,1 foizga bajarilishi ta’minlandi.

